1
Yangi O'zbekistonda avtomobil transportining rivojlanishi
G'ofurov Muhammadrasul Bahodirjon o’g’li
Farg’ona viloyati, Yozyovon tuman 2-son texnikumi
Maxsus fan o’qituvchisi
Mazkur maqolada Yangi Oʻzbekistonda avtomobil transporti sohasining
rivojlanish bosqichlari, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda transport infratuzilmasini
modernizatsiya qilish jarayonlari tahlil qilingan. Shuningdek, mamlakatda avtomobil
yoʻllarini rekonstruksiya qilish, zamonaviy logistika tizimlarini joriy etish, yoʻlovchi va yuk
tashish xizmatlari sifatini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yoritilgan. Maqolada
avtomobil transportining iqtisodiy taraqqiyotdagi oʻrni, hududlararo aloqalarni
mustahkamlashdagi ahamiyati hamda ekologik xavfsizlikni taʼminlash masalalari ko‘rib
chiqilgan. Tadqiqot natijalari avtomobil transporti tizimini yanada takomillashtirish va
uning samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat
qiladi.
Kalit so‘zlar: Yangi Oʻzbekiston, avtomobil transporti, transport infratuzilmasi, logistika,
yoʻlovchi tashish, yuk tashish, avtomobil yoʻllari, modernizatsiya, iqtisodiy rivojlanish,
transport tizimi.
Kirish
Avtomobil sanoati mexanik uzellar, ishqalanish juftliklari va yuklama ostida ishlovchi
detallarining xizmat muddatini uzaytirish muammosi bilan bevosita bog‘liqdir. Detal
sirtlarining yeyilishi avtomobil ichki mexanizmlarining ishdan chiqishiga olib keluvchi asosiy
omillardandir. Yeyilish jarayoni ishqalanish kuchlari, kimyoviy muhit ta’siri, yuqori harorat va
charchash kuchlanishlari natijasida yuzaga keladi [1]. Shu sababli metall sirtlariga
qattiqlashtirish ishlovlari qo‘llanilib, detallar xizmat muddati 1,5–3 baravar oshirilishi mumkin
[2]. Bugungi kunda avtomobil detallari uchun turli xil sirtni mustahkamlash texnologiyalari
ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan to‘g‘ri foydalanish mexanik tizimlarning ishonchliligi va
resursini sezilarli oshiradi.
Tahlil va muhokama
Metall sirtlarini qattiqlashtirishning nazariy asoslari
Yeyilish jarayonining asosiy omili sirt qatlamining yumshoqligi va past tribologik
chidamliligidir. Sirtni qattiqlashtirish orqali kristall panjarada diffuzion o‘zgarishlar, uglerod
yoki azot atomlari bilan boyitish, hamda mikrostrukturani mayda kristalli martensit shaklida
olish imkoniyati mavjud [3]. Natijada sirt mustahkam, ichki qatlam esa egiluvchan bo‘lib qoladi.